BOBUR MAQBARASI — Kobul (Afgʻoniston)dagi meʼmoriy yodgorlik (16—17 va 20-a. lar). Boburnmit xoki 1539-y. da Agra (Hindiston)dan olib kelinib shu yerda dafn etilgan. Bobur maqbarasi Kobul sh. ning Sherdarvoza togʻi yon bagʻridagi (xushmanzara qiya yalanglikda) Bobur ixlos qoʻyib obod qilgan tarixiy bogʻ «Nazargoh» (keyinchalik bogʻning nomi «Bogʻi Bobur» deb nomlangan)ning yuqoridagi maydonchasida joylashgan. Bobur vasiyatiga koʻra, dastlab qabr ustiga maqbara qurilmagan. 1606-y. da tarixiy lavha chekilgan oqish kulrang qabrtosh oʻrnatilgan. 1932-y. da marmar, beton va sopoldan moʻjazgina shiyponmaqbara barpo qilingan. Maqbara yaqinida oʻgʻli Mirzo hindol va nabirasi Mirzo Muhammad Hokimning qabrtoshlari saqlangan. Nariroqda Ruqiya Sultonbegim qabrtoshi (1640). Pastki pogʻonada Shoh Jahon hind meʼmorligi uslubida kulrang toshdan ayvonli masjid qurdirgan. Xalqaro Bobur jamgʻarmasi tashabbusi bilan Andijondagi Bobur milliy bogʻi («Bogʻi Bobur»)da Kobuldagi Bobur maqbarasiga oʻxshash ramziy qabrmaqbara bunyod etildi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые