VOQIF

VOQIF (taxallusi; asl ismi Panoh Mehdi oʻgʻli) (1717-1797) — ozarbayjon shoiri, davlat arbobi. Arab va fors tillarini yaxshi bilgan. V. Qoraboqqa kelib (1759), Shusha sh. da maktabdorlik, soʻngra Qorabogʻ hukmdori Ibrohimxon saroyida 27 yil vazirlik qiladi. Mamadbek Javonshir hokimiyatni egallagach (1797), V. va uning oʻgʻli Alibekni qatl etadi. Voqifning ilk sheʼrlar toʻplami 1856-y. da nashr etilgan. M. F. Oxundov V. sheʼrlarini toʻplagan va bularni nemis olimi Adolf Berje Leypsigda nashr etgan (1867). Nisbatan toʻliq hisoblangan saylanmasi 1945-y. da tayyorlangan. «Binafsha», «Men haqiqatni qidirdim», «Kuylaydirman ikki goʻzalni» singari sheʼrlari xalq oʻrtasida mashhur boʻlgan. Voqif ozarbayjon yozma adabiyotiga oshiq (baxshi)larning «qoʻshma» janrini olib kirdi, gʻazal va muxammaslarning goʻzal namunalarini yaratdi, badiiy ijodni xalq ommasiga yaqinlashtirdi. Uning ijodi chuqur liriklik, falsafiy mushohada, yurtparvarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan. Voqif asarlari oqin va xonandalar repertuaridan keng oʻrin olgan. «Tanlangan sheʼrlar»i oʻzbek tilida nashr etilgan (1969). Samad Vurgʻun V. hayotining soʻnggi davrini aks ettiruvchi «Voqif» dramasini yozdi (1937).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x