ALIJON GʻIJJAKIY (15-a. 2-yarmi) — hirotlik sozanda-bastakor, hofiz. Darvishali Changiyning taʼkidlashicha, A. F. «oliy majlislarning fusunkori», noyob isteʼdod sohibi boʻlgan. Maqomdagi olti ovozning bir yoʻlida ishlangan murakkab kuyi, Turkiy zarb usulidagi «Juft hilolqamar»i, Davr shohi usulidagi «Savti dugoh»i A. Gʻ. ning oʻz zamonasidagi yetuk sanʼatkorlardan biri ekanligini koʻrsatadi. U naqshlarining koʻpini ustozi Usta Shodiga bagʻishlagan. Bastakorning musiqiy asarlarini sozanda, xonandalar sevib ijro etishgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые