BIOSINTEZ (bio… va sintez) — tirik organizmda yoki undan tashqarida biokatalizatorlar (fermentlar) taʼsirida birmuncha oddiy birikmalardan organik moddalar hosil boʻlishi. Biosintez — oʻsimliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarda sodir boʻladigan moddalar almashinuvining tarkibiy qismidir. Xemosintezlovchi bakteriyalardan tashqari hamma organizmlarda Biosintez uchun birlamchi energiya manbai yashil oʻsimliklarda organik moddalar shaklida toʻplanadigan quyosh energiyasi hisoblanadi (q. Xemosintez, Assimilyatsiya, Fotosintez). Har qanday hujayra oʻziga zarur boʻladigan moddalarni sintezlaydi. Hujayrada boradigan Biosintezning xususiyatini uning genetik apparatida kodlashgan irsiy axborot belgilaydi q(. Oqsillar, Genetik kod). Organizmdan tashqarida boradigan Biosintezdan xalq xoʻjaligining turli sohalarvda keng qoʻllaniladigan biologik moddalar—vitaminlar, ayrim gormonlar, antibiotiklar, aminokislotalar, oqsillar va b. birikmalarni sanoat miqyosida olishda foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые