BEPPU — Yaponiyadagi shahar. Aholisi 130 ming kishi (1990). Kyusyu o. ning shim. sharqidagi port. Rangli metallurgiya, kimyo, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Shahar va uning atrofida sulfidli, natriyxlorli va b. xil issiq (100°) mineral buloq koʻp. Balneologiya va vulkanologiya i. t. institutlari mavjud. Turizm rivojlangan. Bemorlar issiq va nam qumga kumilib davolanadi.
Loading…