AKTOGRAF — hayvonlarning faollik (harakatchanlik) tarzini avtomatik qayd qiladigan asbob. Tubi (poli, maydonchasi) suriladigan toʻr katakdan iborat. Tajriba oʻtkaziladigan hayvon kataqda uyoqdan-buyoqqa yurib, oʻz ogʻirligʻi taʼsirida Aktograf tubini pastga tushiradi. Shunda mexaniq pnevmatik yoki elektr yuritma yordamida barabanga tarang tortilgan lentaga tubning surilish (tushish) kattaligi qayd qilib boriladi. Shu qaydga asoslanib hayvonning faolligini aniqlash mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые