Anvar Sobirov — Sevishganlar

U damlarni yulduzlar ham eslashadi,
Bizning uchun gohi yonib, muzlashadi. (x2)
Sizga hamon men haqimda so`zlashadi,
Sevishganlar nega bunday ajrashadi? (x2)

Sevishganlar, sevishganlar,
Sevishganlar, ayting, nega ajrashadi? (x2)

Meni hamon bitta savol bag`rim tilar,
Xatoyimni bilmay, gulday umrim so`lar,
Ayting menga, javobini kimlar bilar,
Sevishganlar nega bunday ajrashadi?

Ayting menga, javobini kimlar bilar,
Sevishganlar nega bunday ajrashadi?

Sevishganlar, sevishganlar,
Sevishganlar, ayting, nega ajrashadi? (x2)

Ko`ngillar bunchalar, ey voh, adashadi?
Taqdirlar ham hamon shunday chalkashadi.
Sevishganlar u dunyo bir bo`lishadi,
Bu dunyoda ular nega ajrashadi?

Sevishganlar u dunyo bir bo`lishadi,
Bu dunyoda ular nega ajrashadi?

Sevishganlar, sevishganlar,
Sevishganlar, ayting, nega ajrashadi? (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x