GILAM

GILAM — badiiy toʻqimachilik buyumi; uy jihozi. Gilamchilik mahsuloti. Polga toʻshash, devorga osish, xonani bezash, isitish, tovushni pasaytirishga xizmat qiladi. Qoʻlda gorizontal yoki vertikal dastgoxlarda jun, ipak, kanop, paxta va b. iplardan toʻqiladi. Toʻqilishiga koʻra G. ning patli va patsiz (palos), bezagiga koʻra naqshli va mavzuli turlari farqlanadi. Naqshli Gilam mujassamoti handasiy yoki oʻsimliksimon bezaklar, turli xil belgi-ramzlardan iborat, ayniqsa, islimiy mujassamotlar nihoyatda goʻzal; mavzuli mujassamotlarda ov manzaralari, gullagan bogʻlar aks etadi. Yaratilishiga koʻra, toʻqima (guli toʻqiladigan), tikma (guli tikiladigan), bosma (guli boʻyab bosiladigan) turlari bor. Naqsh mujassamoti (handasiy, islimiy, girih va b.) va unda markaziy maydon bilan hoshiyasi orasidagi nisbat, sifati (patli yoki patsizligi, patining uzun-qisqaligi), boʻyogʻi, ranglar uygʻunligi, xom ashyosi, hajmi Gilamning badiiy qimmatini belgilaydi.

Qoʻlda va korxonalarda mashinada toʻqiladigan Markaziy Osiyo, Moldova, Rossiya, Ruminiya va b. G. lari keng tarqalgan (q. Gilamchilik sanoati). Ijro usuli, sifati va mujassamotining murakkabligi bilan qoʻlda toʻqilgan Gilamlar betakrordir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x