Amikatsin ukolс рецептом

Mushak ichiga (m/i) yuborilganidan so‘ng tez va to‘liq so‘riladi.

7,5 mg/ml dozada mushak ichiga yuborilganida maksimal kontentratsiyasi (Cmax) – 21 mkg/ml, 7,5 mg/ml dozada vena ichiga infuziya qilingandan 30 minutdan keyin – 38 mkg/ml.

Maksimal kontentratsiyaga erishish vaqti (Tcmax) – m/i yuborilganidan so‘ng taxminan 1,5 soat.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 4-11%.

Hujayradan tashqari suyuqliklarda (abstesslarning ichidagisi, plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik, astit, perikardial, sinovial, limfatik va peritoneal suyuqlik) yaxshi taqsimlanadi.

Yuqori kontentratsiyalarda siydikda aniqlanadi; past kontentratsiyalarda – safro, ko‘krak suti, ko‘z suyuqligi, bronxial sekreti, balg‘am va orqa miya suyuqligida (OMS) da aniqlanadi.

Organizmning barcha to‘qimalariga yaxshi o‘tadi, u yerda hujayra ichida to‘planadi; qon bilan yaxshi ta’minlangan a’zolarda: o‘pkalar, jigar, miokard, taloq va ayniqsa buyraklarda yuqori kontentratsiyalarda aniqlanadi, u yerda po‘stloq moddasida to‘planadi, kamroq kontentratsiyalarda – mushaklar, yog‘ to‘qimasi va suyaklarda aniqlanadi.

Kattalarga o‘rtacha terapevtik dozalarda (normada) buyurilganida amikatsin gematoentefalik to‘siq (GET) orqali o‘tmaydi, bosh miya pardalari yallig‘langanida o‘tkazuvchanligi biroz oshadi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning OMS dagi kontentratsiyasi kattalarga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi – homilaning qonida va amniotik suyuqlikda aniqlanadi.

Kattalarda taqsimlanish hajmi – 0,26 l/kg, bolalarda – 0,2-0,4 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan kam bo‘lganda – 0,68 l/kg gacha, 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan ortiq bo‘lganda – 0,58 l/kg gacha, mukovistidozi bo‘lgan bemorlarda – 0,3-0,39 l/kg.

V/i yoki m/i yuborilganida o‘rtacha terapevtik kontentratsiyasi 10-12 soat davomida saqlanadi.

Metabolizmga uchramaydi.

Yarim chiqarilish davri (T1/2) kattalarda – 2-4 soat, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 5-8 soat, kattaroq yoshli bolalarda – 2,5-4 soat.

T1/2 ni yakuniy kattaligi – 100 soatdan ortiq (hujayra ichidagi zahiralardan ajralib chiqishi).

Buyraklar orqali kalava filtratsiyasi yo‘li bilan (65-94%) asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Buyrak klirensi – 79-100 ml/min.

Kattalarda buyraklar faoliyati buzilganida T1/2 buzilish darajasiga qarab – 100 soatgacha, mukovistidozi bo‘lgan bemorlarda – 1-2 soatgacha tebranadi, kuygan va gipertermiyasi bo‘lgan bemorlarda T1/2 klirensi yuqoriligi tufayli, o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaraganda qisqaroq bo‘lishi mumkin.

Gemodializda (4-6 soat davomida 50%) chiqariladi, peritoneal dializning samarasi kamroq (48-72 soat davomida 25%).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x