Dermazol tabс рецептом

– Ketokonazolni so‘rilishiga ta’sir etuvchi preparatlar: me’daning kislotaliligiga ta’sir etuvchi preparatlar ketokonazolni so‘rilishini yomonlashtiradi.

– Ketokonazolni metabolizmiga ta’sir etuvchi preparatlar: ketokonazol asosan CYP3A4 tsitoxrom orqali metobolizmga uchraydi.

Rifampitsin, rifabutin, karbamazepin, izoniazid, neviramin va fenitoin kabi fermentlarni induktsiya qiluvchi preparatlar ketokonazolni biokiraolishligini ahamiyatli pasaytiradi.

Plazma darajasi kutilayotgandan past bo‘lsa, agar ketokonazol yakka qo‘llanilsa (birga buyurishlarsiz) plazma darajasini nazorat qilish zarurati yuq.

Ketokonazolni fermentlarni kuchli induktsiya qiluvchi preparatlar bilan majmuaviy qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ritonavir ketokonazolni biokiraolishligini oshiradi.

Shuning uchun agar u parallel buyurilsa, u holda ketokonazol dozasini qisqartirishni ko‘rib chiqish lozim.

– Ketokonazolni boshqa preparatlar metabolizmiga ta’siri: ayrim jigar fermentlari R450, xususan CYP3A oilasi bilan metabolizmga uchraydigan preparatlarni metabolizmini ingibitsiya qilishi mumkin.

Bu ularni ta’sirini oshishiga va/yoki uzayishiga, shu jumladan salbiy ta’siriga olib kelishi mumkin.

– Ketokonazol va domperidonni birga buyurish tavsiya etilmaydi, chunki ularning majmuasi plazmada domperidonni yuqori kontsentratsiyasiga va QT davomiyligini oshishiga olib kelishi mumkin.

Ketokonazol bilan davolanish vaqtida qo‘llash mumkin bo‘lmagan preparatlar:

– CYP3A4 substratlarini birga buyurish: astemizol, bepridil, galofantrin, dizopiramid, tsizaprid, dofetilid, levatsetilmetadol (levometadil), mizolastin, pimozid, xinidin, sertindol yoki terfenadinlarni Dermazol 200 mg tabletkalari bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki plazmada ushbu dori vositalarini yuqori kontsentratsiyalari QT intervalini uzayishiga va alohida hollarda yurak qorinchalarini lipillash – xilpillashiga olib kelishi mumkin.

– Haddan ziyod va davomli farmakodinamik javob sababli, triazolam va oral midazolamni birga buyurish mumkin emas.

– CYP3A4 orqali metabolizmga uchraydigan simvastatin va lovastatin kabi GMK-KoA- reduktaza ingibitorlari bilan birga buyurish.

– Digidroergotamin, ergometrin (ergonavin), ergotamin va metilergometrin (metilergonavin) kabi shoxkuya alkaloidlarini birga buyurish.

– Nizoldipinni birga buyurish.

– Eplerenonni birga buyurish.

-Irinotekanni birga buyurish.

– Everolimus va sirolimusni (=Rapamitsin) birga buyurish.

Quyidagi preparatlar bilan ketokonazolni birga ichga buyurishda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim va plazmada uning kontsentratsiyasini, o‘zaro ta’sirini yoki nojo‘ya samaralarini nazorat qilish lozim.

Agar ketokonazol bilan birga buyurilsa, agar zarurati bo‘lsa, ularning dozasi kamaytirilishi lozim.

Buni majmuaviy davolashni buyurishda hisobga olish lozim.

Masalan:

– peroral antikoagulyantlar.

– Indinavir, sakvinavir kabi OITV proteaza ingibitorlari.

– Barvinka alkaloidlari, busulfan, dotsetaksel, erlotinibom va imatinib kabi, o‘smalarga qarshi ayrim vositalar;

– CYP3A4 yordamida metabolizmga uchraydigan sekin kaltsiy kanallarini blokatorlari: masalan: digidropiridin va verapamil bo‘lishi mumkin.

– Ayrim immunosupressiv vositalar: tsiklosporin va takrolimus.

– CYP3A4 fermenti tomonidan parchalanadigan, atorvastatin kabi GMK-KoA reduktaza ingibitorlari.

– Budesonid, flutikazon, deksametazon va metilprednizolon kabi ayrim glyukokortikoidlar.

– Digoksin (R-glikoproteinni ingibitsiya qilinishi orqali).

– Boshqalar: tsilostazol, buspiron, alfentanil, fentanil, sildenafil, solifenatsin, alprazolam, brotizolam, vena ichiga midozolam, kvetiapin, repaglinid, tolterodin, trimetreksat, ebastin, eletriptan va reboksetin.

Giperemiya, toshma, periferik shishlar, ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kabi xarakterlanadigan alkogolga disulfiraminsimon reaktsiya istisno holatlari haqida xabar berilgan.

Barcha simptomlar bir necha soat davomida to‘liq yo‘qolib ketadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x