Tsisplatin Ebeveс рецептом

Miyelosupressiv preparatlar

Tsisplatinni boshqa miyelosupressiv preparatlari yoki nur bilan davolash bilan majmuada qo‘llash miyelosupressiyani yaqqollik darajasini oshiradi.

Gipotenziv preparatlar

Tsisplatinni gipotenziv vositalar, furosemid, gidralazin, diazoksid va propranol bilan majmuada qo‘llash nefrotoksiklikni kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Nefrotoksik preparatlar

Nefrotoksik vositalar (masalan, tsefalosporinlar, aminoglikozidlar, amfoteritsin V va rentgenokontrast vositalar) yoki ototokisk (masalan, aminoglikozidlar) dori vositalarini bir vaqtda yuborish tsisplatinni buyrakka toksik ta’sirini potentsiyalaydi.

Tsisplatin bilan davolash vaqtida va tugaganidan keyin, asosan buyrakda eliminizatsiyaga uchraydigan preparatlarni, xususan tsitostatiklar (masalan, bleomitsin va metotreksat) ishlatilganda, ularni buyrak orqali eliminatsiyasi pasayishi extimolini hisobga olib, ehtiyotkorlikka amal qilish kerak.

Tsisplatin bilan majmuada qo‘llanilganda (shuningdek ushbu preparatni ilgari olgan patsiyentlarda) ifosfalamidning nefrotoksikligi kuchayishi mumkin.

Tsisplatin, bleomitsin va etotsid bilan majmuaviy davolash o‘tkazilgandan so‘ng qonda litiyning kontsentratsiyasini kamayishining bir necha hollari qayd qilingan.

Shu boisdan bunday vaziyatda litiyning kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Ototoksik preparatlar

Ototoksik dori vositalarini (masalan, aminoglikozidlar, halqali diuretiklar) bir vaqtda qo‘llash tsisplatinning eshitish a’zosiga bo‘lgan toksik ta’sirini potentsiyalaydi.

60 mg/m2 dan ortiq dozada tsisplatin olayotgan patsiyentda 24 soat ichida siydik ajratish 100 ml dan kam bo‘lgan holatlardan mustasno ravishda “halqali” diuretiklarni buyrak shikastlanishi va o‘tazaxarlilik rivojlanishi xavfi bo‘lgan uchun, qo‘llash mumkin emas.

Ifosfalid tsisplatinni qo‘llash oqibatida yuz bergan eshitish qobiliyatini pasayishini potentsiyalaydi.

Allopurinol, kolxitsin, probenetsid

Tsisplatin bilan majmuada qo‘llanganda allopurinol, kolxitsin, probenetsid yoki sulfinpirazonning dozalariga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin, chunki tsisplatin qon zardobida siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshiradi.

Ifosfamid

Tsisplatinni ifosfamid bilan bir vaqtda qo‘llash siydik bilan oqsil ekskretsiyasini oshishiga va nefrotoksiklikka olib kelishi mumkin.

Dotsetaksel

Metostatik va keng tarqalgan xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda dotsetaksel va tsisplatinni majmuada qo‘llash, monoterapiyada ikkala komponentlarni analogik dozalarda qo‘llashga nisbatan, og‘irroq neytrotoksiklik bilan ifodalangan.

Bleomitsin, etopozid, vinblastin

Tsisplatin, bleomitsin va etopozid bilan bir vaqtda davolash qonda litiyning kontsentratsiyasining kamayishiga olib kelgan (monitoring tavsiya qilinadi).

Tsisplatin bleomitsin va vinblastin bilan majmuada Reyno fenomenini rivojlanishiga olib keladi.

Xelatlovchi agentlar

Xelatlovchi agentlar, masalan penitsillamin tsisplatinning samarasini pasaytirish mumkin.

Tsiklosporin

Tsisplatin va tsiklosporinni bir vaqtda qo‘llash yaqqol immunosupressiyaga olib keladi, bu esa o‘z navbatda limfoproliferativ holatlarni rivojlanish xavfini oshiradi.

Tirik kuchsizlantirilgan vaktsinalar

Virusning vaktsinali shtammi tomonidan chaqirilgan tizimli infektsiyanii yuz berish xavfini nazarda tutib, vaktsinani sariq isitmani oldini olish uchun ishlatish mutlaqo man etilgan (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Tarqoq infektsiyalarni rivojlanish xavfini nazarda tutib, barcha holatlarda, iloji boricha faolsizlantirilgan vaktsinalardan foydalanish kerak.

Peroral antikoagulyantlar

Peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilinganda XNN ni muntazam nazorat qilib turish tasiya etiladi.

Gistaminga qarshi vositalar, fenotiazinlar va boshqa preparatlar

Gistaminga qarshi vositalar, buklizin, tsiklizin, laksapin, mkzolin, fenotiazinlar, tioksantenlar va trimetobenzamidlarni bir vaqtda qo‘llash ototoksiklik simptomlarini niqoblashi mumkin (shu jumladan bosh aylanishi va quloq shang‘illashi bo‘lishi mumkin).

Tirishishga qarshi vositalar

Tsisplatin bilan majmuada qo‘llanganda tirishishga qarshi vositalarning qon zardobidagi kontsentratsiyasi subterapevtik darajagacha kamayishi mumkin.

Piridoksin va altretamin majmuasi

Tarqalgan tuxumdon raki bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan randomizatsiyalangan tadqiqotlarda piridoksinni altretamin (geksametilmealamin) va tsisplatin bilan majmuada qo‘llash patsiyentning javobini rivojlanish vaqtining salbiy o‘zgarishiga olib kelgan.

Paklitaksel

Paklitaksel infuziyasidan oldin tsisplatinni yuborish, paklitakselning klirensini 33% gacha pasayishiga olib kelishi mumkin, bu esa neyrotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.

Boshqa tsitostatiklar

Tsisplatinni boshqa tsitostatiklar bilan majmuada qo‘llanganda miokard ishemiyasi holatlari kuzatilgan.

Nomutanosiblik

Tsisplatin alyumin bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, platinaning qora cho‘kmasini hosil qiladi.

Shuning uchun, tsisplatinni alyumin saqlovchi xar qanday qurilmalar (vena ichiga infuziya uchun tizimlar, ignalar, kateterlar, shpritslar) bilan kontaktiga yo‘l qo‘yish mumkin emas.

Tsisplatin kontsentratini (0,5 mg/ml) 5% li glyukoza eritmasi bilan suyultirib mumkin emas; faqat ushbu eritmani faqat natriy xloridi eritmasi bilan aralashmasini ishlatishga ruxsat beriladi.

Antioksidantlar (masalan natriy metabisulfiti), bikarbonatlar (natriy bikarbonati), sulfatlar, ftoruratsil va paklitaksel infuzion tizimda tsisplatinning faolligini yo‘qotishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x