Tsiprofloksatsin ULTRAс рецептом

Ovqat hazm qilish tizimi va jigar tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, qaltirash, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik holati, depressiya, gallyutsinatsiyalar, tungi dahshatlar (bu reaktsiyalar preparatni darhol to‘xtatishni talab qiladi).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, hushdan ketishlar, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar.

Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykotsitopeniya, leykotsitoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, trombotsitoz.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, hatto tranzitor buyrak yetishmovchiligini rivojlanishigacha bo‘lgan faoliyatini buzilishi mumkin.

Sezgi a’zolari tomonidan: ta’m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarda shovqin, vaqtinchalik quloq og‘irligi (ayniqsa baland tovushlarga).

Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: qichishish, eshakemi, qizarish, teri toshmalari, dorilar ta’siridagi isitma, kam hollarda – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, kam hollarda anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi kuzatilishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x