Tseftrizone TZ 562,5, Tseftrizone TZ 1125с рецептом

Tseftriakson va tazobaktam majmuasi odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Preparat qo‘llanganida quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi mumkin: Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, tirishishlar (buyrak yetishmovchiligida), eshitishni buzilishi; Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, meteorizm, anoreksiya, qorin og‘rig‘i va spazmlari, ta’m bilishni buzilishi, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida yaralarni paydo bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi, glossit, soxta membranoz kolit, disbakterioz; Jigar tomonidan: transaminazalar, ishqoriy fosfataza, LDG yoki bilirubinning faolligini tranzitor oshishi, jigar faoliyatining buzilishi, xolestaz; Qon tizimi tomonidan: gemoglobin va gematokritni pasayishi, tranzitor eozonofiliya, neytropeniya, leykopeniya, aplastik va gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, gipoprotrombinemiya, protrombin vaqtini uzayishi, plazmada qonni ivish omillari (II, VII, IX, X) darajasini pasayishi; Siydik-jinsiy tizim tomonidan: buyraklar faoliyatini buzilishi, interstitsial nefrit, dizuriya, vaginit, urolitiaz, nefrolitiaz, oraliqni qichishishi, qon zardobida kreatinin va/yoki mochevina azotini oshishi; Allergik reaktsiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, teri toshmalari, qichishish, allergik pnevmonit, allergik dermatit, eshakemi, ekzantema, Kvinke shishi, kam hollarda – isitma yoki etni uvishishi, zardob kasalligi, anafilaktik shok, bronxospazm.

Boshqa preparatlarni qo‘llashdagi kabi alohida hollarda teri tomonidan ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi kabi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin; Mahalliy reaktsiyalar: inyektsiya qilingan joyda og‘riq yoki infiltrat, vena ichiga yuborilganidan so‘ng tromboflebit bo‘lishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x