Rotatsefс рецептом

Rotatsef ko‘pchilik hollarda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Nojo‘ya samaralari, odatda qaytuvchan bo‘ladi va preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qoladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, meteorizm, abdominal og‘riqlar, ta’m bilishni buzilishi, stomatit, glossit, soxta membranoz enterokolit, jigar transaminazalari (kam hollarda – ishqoriy fosfataza, bilirubin, xolestatik sariqlik) ning faolligini oshishi, disbakterioz.

Tseftriaksonni yuqori dozalarda qo‘llash soxta xolelitiazni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Gematologik o‘zgarishlar: leykopeniya, neytropeniya, granulotsitopeniya, limfotsitopeniya, trombotsitoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, qon ivishini buzilishi, protrombin vaqtini uzayishi, kam hollarda – eozonofiliya, yakka hollarda agranulotsitoz.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: glyukozuriya, qon plazmasida mochevina va kreatininning miqdorini oshishi, tsilinduriya, gematuriya, oliguriya, anuriya.

Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: eshakemi, et uvishishi yoki isitma, toshma, qichishish, kam hollarda – bronxospazm, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, zardob kasalligi, angionevrotik shish, anafilaktik shok.

Mahalliy reaktsiyalar: preparat vena ichiga yuborilganidan so‘ng flebit rivojlanishi mumkin.

Preparatni sekin (2-4 minut davomida) yuborish yo‘li bilan uni rivojlanishidan saqlanish mumkin; preparatni mushak ichiga lidokainsiz inyektsiya qilish og‘riqli bo‘ladi, yuborilgan joyda infiltrat hosil bo‘lishi mumkin.

Boshqalar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, burundan qon ketishlar, kandidoz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x