Nerv tizimi va sezgi a’zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Yurak qon-tomir tizimi va qon (qon yaratilishi, gemostaz) tomonidan: yurak aritmiyalari (oqim bilan tez yuborilganda), neytropeniya, tranzitor leykopeniya, granulotsitopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, gipoprotrombinemiya, autoimmun gemolitik anemiya.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, diareya/qabziyat, meteorizm, disbakterioz, qon plazmasida LDG, IF, jigar transaminazalari faolligi va bilirubinni tranzitor oshishi; kam hollarda – soxtamembranoz kolit, stomatit, glossit.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: qon plazmasida mochevina azoti va kreatinin miqdorini oshishi interstitsial nefrit, buyrak faoliyatining buzilishi, oliguriya.
Allergik reaktsiyalar: toshma, giperemiya, eshakemi, eozinofiliya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Boshqalar: superinfektsiya, vaginal va oral kandidoz, yuborilgan joydagi reaktsiyalar: m/i yuborilganida – og‘riq, inyektsiya joyida yumshoq to‘qimalarni yallig‘lanishi va zichlashishi v/i yuborilganida – flebit.