Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, vertigo, tirishishlar, ataksiya, paresteziya, quloqlarni shang‘illashi, uveit, gallyutsinatsiyalar, asabiylik; aseptik meningit, depressiya, apatiya, tremor, periferik nevritlar.
Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm, o‘pka infiltratlari: (eozinofil infiltrat, allergik alveolit (yo‘tal, hansirash).
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynashi, qusish, ishtahani pasayishi, diareya, gastrit, qorinda og‘riq, glossit, stomatit, xolestaz, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, gepatit, shu jumladan xolestatik, gepatonekroz, soxtamembranoz kolit, “o‘t chiqarish yo‘lini yo‘qolishi” sindromi (duktopeniya), giperbilirubinemiya, o‘tkir pankreatit.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, anemiya (megaloblastik, gemolitik/autoimun yoki aplastik anemiya), metgemoglobinemiya, eozinofiliya, gipoprotrombinemiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: poliuriya, interstitsial nefrit, buyrak faoliyatini buzilishi, kristalluriya, gematuriya, mochevina kontsentratsiyasini oshishi, giperkreatininemiya, oliguriya va anuriya bilan kechuvchi toksik nefropatiya.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya, rabdomioliz.
Allergik reaktsiyalar: qichishish, fotosensibilizatsiya, toshma, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eksfoliativ dermatit, allergik miokardit, tana haroratini oshishi, angionevrotik shish, skleralarning giperemiyasi, eshakemi, kon’yunktivani qizarishi, anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, zardob kasalligi, gemorragik vaskulit (Shenleyn-Genox purpurasi), tugunli periarteriit, yuguriksimon sindrom, eozinofiliya va tizimli simptomatika bilan kechuvchi dori oqibatidagi toshma (DRESS-sindromi).
Boshqalar: gipoglikemiya, giperkaliyemiya (asosan OITS bo‘lgan patsiyentlarda pnevmotsist pnevmoniyani davolaganda), giponatriyemiya, holsizlik, toliqish, uyqusizlik, kandidoz.