DO`STLARGA ULASHING:
Za’faron o’simligini jahon bozorida narxi qancha?
Za’faron xalq tabobatida ko‘plab kasalliklarni davolash uchun ishlatiladigan eng qimmat ziravorlardan hisoblanadi. Za’faron damlamasi ko‘zni ravshan qilishi, yurak va nafas olish a’zolari faoliyatini yaxshilashi aytib o‘tilgan. Lekin 5 grammdan ortig‘i zaharli ta’sir ko‘rsatadi.
Jahon bozorida «qizil oltin»ning narxi qancha?
«Ziravorlar sardori» deya ta’riflanadigan za’faron hosili oktabr oyi o‘rtalarida yig‘ib olinadi. Bir gektar plantatsiyadan o‘rtacha 4 kg, ikkinchi yili 7-8, keyingi yillarda 15-16 kg hosil olinishi mumkin.
Marketing tadqiqotlari jarayonida jahon bozorida 1 kg za’faronning narxi $400—$1000 ni, 1 kg gulining bahosi esa $2,5—$5 mingni tashkil qiladi
Ba’zi manbalarga ko‘ra, «qizil oltin» deya e’tirof etiluvchi za’faron gulining narxi naviga qarab 1 kg uchun €30 minggacha chiqishi mumkin.
Taqqoslash uchun, paxta tolasining o‘rtacha narxi bir kgsi uchun $1,5—$2 ni tashkil etadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 450 gramm za’faron yig‘ish uchun 75 ming dona gul kerak bo‘lar ekan.