AKRAMOV Rustam Akramovich

AKRAMOV Rustam Akramovich (1948.11.8, Toshkent viloyati, Yangibozor shaharchasi) — futbolchilar murabbiysi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi (1994). «Politotdel», ASK (Toshkent), «Paxtakor» futbol jamoalarida oʻynagan (1967—73). ASK (Toshkent), MACK (Moskva) bolalar jamoalari murabbiysi (1974—76), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya in-ti futbol kafedrasi mudiri (1978—87), dotsent (1984). Jazoirning «Yusma» jamoasi (1988—92), «Paxtakor» (1994) va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoalari bosh murabbiysi (1992—95). Uning rahbarligida Oʻzbekiston futbol terma jamoasi 12Osiyo oʻyinlarida qitʼa chempioni boʻldi. (1994, Xirosima). A. Jahon futbol federatsiyasi — FIFA murabbiylar akademiyasini bitirgach (1994), Hindiston milliy va olimpiya terma jamoalarining bosh murabbiysi (1995—96). Osiyo futbol konfederatsiyasining texnik direktori (1998-y. dan). «Shuhrat» medali b-n taqdirlangan (1994).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x