MALLAYEV Natan Murodovich

MALLAYEV Natan Murodovich (1922.22.1 — Toshkent — 1996) — adabiyotshunos, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Filol. fanlari d-ri (1978), prof. (1980). Toshkent ped. in-tini tugatgan (1942). «Qardosh xalqlar adabiyoti» (hoz. oʻzbek klassik adabiyoti) kafedrasi mudiri (1965—91). Mallayev «Oʻzbek adabiyoti tarixi» (oʻrta maktablar uchun, 1953—72), «Oʻzbek adabiyoti tarixi» (un-t va pedagogika intlari uchun, 1963—65) kabi darsliklar mu-allifi. Asosiy ilmiy tadqiqotlari Navoiy ijodini oʻrganish va mumtoz adabiyot bilan xalqogʻzaki ijodining uzaro taʼsirini tadqiq etishga karatilgan («Ulugʻ shoir va mutafakkir», 1969; «Navoiy ijodining xalqchil negizi», 1973; «Soʻz sanʼatining gultoji», 1991 va b.). M. «Abulqosim Firdavsiy» (1962) monografiyasini yozgan. S. Ayniyning «Qisqacha tarjimayi holim» asarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Firdavsiy «Shohnomasining 2 jilddan iborat nasriy tarjimasini, Majlisiy («Qissai Sayfulmulk» dostoni), Navoiy (ruboiy, tuyuq, lirika) asarlarini nashrga tayyorlagan. M. Navoiy asarlarining ruscha 10 jildli nashrini (5 – va 10-j. lar, 1968) tay-yorlashda qatnashgan. Oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maktablar uchun dastur va xrestomatiyalar tuzgan (1952—74).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x