MUHAMMADJONOV

MUHAMMADJONOV Zikir (Zokir) (1921.1.1, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1962). Oʻzbekiston Qahramoni (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1949). 1938-y. dan Hamza teatri (hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da aktyor. 1977—82 y. lar Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasining raisi. Muhammadjonov keng qamrovli aktyor boʻlib, spektaklda, kino va televideniyeda jahon dramaturgiyasining mumtoz namunalarida, oʻzbek adiblarining umuminsoniy mavzularidagi asarlarida obrazlarni maxrrat bilan yaratgan. Ferdinand («Makr va muhabbat»), Jaloliddin («Jaloliddin Manguberdi»), AbdullatifMirzo Ulugʻbek»), Navoiy («Alisher Navoiy»), Goratsio («Hamlet»), Kassio («Otello»), Furqat («Furqat»), Yedi-gey («Asrga tatigulik kun»), Samandar («Samandar»), Sintaro («Oʻgʻirlangan umr»), Oktaviya Sezar («Yuliy Sezar»), Dehqonboy (Shoqi soʻzana»), Jabborov («Parvoz»), Yusufbek hoji («Oʻtgan kunlar»), BeruniyAbu Rayxrn Beruniy») kabi rollarida Muhammadjonovning oʻziga xos ijod nafasi ovozdagi joʻshqin ehtiros, fikran teranlik va vazminlik bilan toʻldirilib, imkoniyat kuchi namoyon boʻlgan. Muhammadjonov bir qancha filmlarda (Maksud, «Fidoyi»; prof. Karimov, «Koniyut gʻorining siri»; Shoh Baxrom, «Dilorom»; Junaidxon, «Uzoq-yaqin yillar»; Yusuf, «Alibobo va qirq qaroqchi» va b.) ham suratga tushgan. Ayniqsa, «General Rahimov» filmidagi Sobir Raximov roli aloxdda oʻrin tutadi. Generalga xos joʻshqinlik, shijoat, jasurlik, bagʻri kenglik Muhammadjonov ijrosida oʻz aksini toʻla topa olgan. Aktyor videofilm va telespektakllarda qam bir qancha obrazlar yaratgan: Ulugʻbek («Ulugʻbek xazinasi»), Husayn Boyqaro («Alisher Navoiy»), Isomiddin aka («Yer farzandi»), prof. Komilov («Imon») va b. shular jumlasidan. Bir qancha chet el filmlarida ham suratga tushgan. Muhammadjonov yaratgan obrazlar kuchli psixologik dramatizmi, romantik koʻtarinkiligi bilan ajralib turadi. «Shuxrat» medali (1994), «Doʻstlik» (1996), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan takdirlangan.

As: Taʼzim, T., 1996; Oʻzim koʻrgan va bilganlarim, T., 1998; Ulugʻlar orasida, T., 2003.

Toshpoʻlat Tursunov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x