MIRZO (arab.-fors. — amirzoda, amir avlodi) — Movarounnahrda 14-a. ning soʻnggi choragi — 15-a. larda Amir Te-mur avlodlari — temuriy shahzodalar ismiga qoʻshib aytilgan unvon, amirzodaning qisqartirilgan shakli (mas, Jahongir Mirzo, Bobur Mirzo va b.). Keyinchalik (16—19-a. lar) kotiblar unvoni (mirza) oʻrnida ham qoʻllanib kelindi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые