AGRIKOLA

AGRIKOLA Georg (haqiqiy familiyasi Bauyer; lot. agricola — dehqon, nem. bayer soʻzining tarjimasi) (1494.24.3 — 1555.21.11) — kon va metallurgiya boʻyicha nemis olimi (asli vrach). 1527-31 yillarda Yaximov sh. da (Chexiya), 1533-y. dan Xemnis sh. da (Saksoniya) yashagan. A. Yevropada birinchi boʻlib «Konchilik ishlari haqida…» (1550; 12 ki-tob, 1556-y. da nashr qilingan) asarida konchilikmetallurgiya i. ch. ni jarayonlar boʻyicha umumlashtirgan. Bu asar 18-a. gacha geol., konchilik ishlari va metallurgiya boʻyicha asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Agrikola qariyb 20 ta yangi mineralning tavsifini bergan va tashqi koʻrinishidan aniqlash metodini ishlab chiqqan. Metall va minerallarning shifobaxsh xususiyatlarini tadqiq etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x