AVVAL NEFT KONLARI

AVVAL NEFT KONLARIFargʻona viloyatidagi konlar, Fargʻona sh. dan 15 km jan. da. Avval neft konlari gʻarbdan sharqqa choʻzilgan antiklinal bukilmada boʻlib, 1953—54 y. larda elektrorazvedka usuli bilan ochilgan. 1955-y. da boshlangan qidiruv ishlari natijasida iyun oyida 5 – gorizontdan bir kechakunduzda 40 t. ga yaqin neft olinadigan quduq kavlangan. 1954-y. da asosiy Avval bukilmasining sharqida yangi bukilma — Sharqiy Avval bukilmasi aniqlandi. Bu bukilmalarning tuzilishida paleogen (qalinligi 250 m) va neogen (700 m) yotqiziqlari mavjud. Avval neft konlarida neft asosan 5 – gorizontda boʻlib, 6 – va 7 – gorizontlarda juda ham oz uchraydi. 5 – gorizont paleogenning Turkiston yarusi yotqiziqlaridagi darzli ohaktosh hamda qumtosh qatlamlaridan iborat. Neft bukilmaning sharqiy qismida toʻplangan boʻlib, gʻarbda uzilma bilan chegaralanadi. Neft bilan birga gaz ham olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x