ANDREYEVLAR SHIRKATI

ANDREYEVLAR SHIRKATI («Andreyevskoye tovariщyestvo») —19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Oʻzbekiston iqtisodiyotida hukmron boʻlgan, ajnabiy va rus kapitalining qudratiga tayangan yirik aksiyadorlik jamiyati. Andreyevlar shirkatini 1912-y. Oʻzbekistondagi yirik sarmoyadorlar Rus-Osiyo banki ishtirokida tashkil etganlar. Bunga «Aka-uka Knoplar savdo uyi» firmasi tashabbuskor boʻlgan. Andreyevlar shirkatining dastlabki asosiy kapitali 750 ming soʻm boʻlib, 1915-y. da 5 mln. soʻmga yetgan. Andreyevlar shirkati 1917-y. 31 paxta tozalash, 6 paxta yogʻi va sovun ishlab chiqarish z-dlariga egalik qilgan. Andreyevlar shirkati Rossiyadagi «Salomas» aksiyadorlik jamiyatining faoliyatida qatnashgan. «Salomas»ning 20% aksiyasi 1917-y. A. sh. qoʻlida boʻlgan. Andreyevlar shirkati dehqonlar yetishtirgan paxtaning katta qismini arzon garovga xarid qilib, tolasini Rossiya va Polshaga sotar, chigitidan yogʻ va sovun tayyorlar edi. Andreyevlar shirkati 1918-y. mart — apr. oylarida Sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x