ANDERSEN (Andersen) Xans Kristian (1805.2.4, Odens – 1875.4.8, Kopengagen) — Daniya yozuvchisi, mashhur ertaknavis. Etikdoʻz oilasida tugʻilgan. «Improvizator» (1835) romanida quyi tabaqadan chiqqan xayolparast shoir va jamiyat ziddiyati tasvirlanadi. Andersenning «Qoʻrgʻoshin soldatcha» (1838), «Bulbul» (1843), «Irkit oʻrdakcha» (1843), «Qirolicha» (1844), «Ona» (1848) kabi ma-shhur ertaklari va «Suratsiz surat kitobi» (1840) shu davrda yaratilgan. Andersen «Mulat» (1840) pyesasini, «Shoir bozori» (1842) yoʻl xotiralarini ham yozgan. «Ikki baronessa» (1849) romanida tabaqalashtirishga asoslangan jamiyatni tanqid qiladi. Andersenning juda koʻp ertaklari («Irkit oʻrdakcha», «Qirolicha» va b.) oʻzbek tili ga tarjima qilingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые