MEDAN — Indoneziyadagi shahar. Shim. Sumatra provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,9 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oxiri). Sumatra o. ning shim.-gʻarbida, Malakka boʻgʻozidagi port. Tamaki, kauchuk, choy, sizal yetishtiriladigan q. x. rayonining yirik savdo markazi. Oziq-ovqat, qogʻoz, rezinatexnika, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Un-t, muzey bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Katta masjid, sobiq Dexli sultonligi hokimi saroyi saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые