MASHRIQ (arab.) — 1) dunyoning toʻrt tomonidan biri, sharq, kunchiqar tomon, sharqiy oʻlkalar;
2) Arab Sharqining nomi, Xuroson va Movarounnahr ham baʼzi tarixiy adabiyotlarda Mashriq deb atalgan;
3) Arabiston ya. o. dagi togʻ;
4) Yamandagi viloyat;
5) Mashriq mamlakatlari — Sharq mamlakatlari. Mashrikdan magʻribgacha — sharkdan gʻarbgacha.