AYLANMA PECh

AYLANMA PECh — yotiq silindr shaklidagi (dumaloq) sanoat pechi. Aylanma pech boʻylama oʻqi atrofida aylanadi yoki tebranadi. Metallarni suyuklantirish, materiallarni quritish, bolgʻalash yoki shtamplash uchun metall xom ashyoni qizdirish, metall buyumlarga issiqlik ishlovi berish, sement pishirish va b. maqsadlar uchun moʻljallangan. Pechning aylanib turishi natijasida issiqlik bir tekis taqsimlanadi, shuning uchun pechning ichki qoplamasi uzoqqa chidaydi. Aylanma pechda material yoki buyumlar yonilgʻining yonish mahsulotlari, elektr toki yoki elektr yoyi bilan qizdiriladi. Quritish va issiqlik ishlovi berish (termik ishlash)da material pechning bir boshidan kiritilib, ikkinchi boshidan chiqariladi; bunday pechlar uzluksiz ishlashi mumkin. Suyuklantirish Aylanma pech lari davriy ravishda ishlaydi, chunki shixta solish va suyuq me-tallni tushirish paytida pechni toʻxtatish kerak boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x