MARSHALL OROLLARI, Marshall Orollari Respublikasi (The Republic of Marshall islands) — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi Marshall orollari arxipelagida joylashgan davlat. Arxipelag bir necha yuz orolning 2 guruhi: Radak va Ralikdan iborat. Mayd. 180 km2. Aholisi 70,82 ming kishi (2001). Poytaxti Majuro o. dagi Majuro sh. Maʼmuriy jihatdan 25 tuman (district)ra boʻlingan. Deyarli barcha aholisi mikronezlar irqiy toifasiga kiruvchi marshalliklar; protestan-tlikka eʼtiqod qiladi. Rasmiy tili — ingliz tili.
Davlat tuzumi. Marshall Orollari — respublika, AQSH bilan «erkin uyushgan» davlat. 1979-y. 1-maydagi konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (2000-y. dan Kessai Nout), u parlament aʼzolari orasidan 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati — parlament, u aholi tomonidan 4 y. muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u parlament aʼzolari orasidan hukumat aʼzolarini tanlab oladi.
Tabiati. Yer yuzasi pasttekislik, asosan, marjon ohaktoshlardan tarkib topgan. Ikdimi shim. da tropik, passatli, jan. da subekvatorial. Yillik yogʻin 2000—4000 mm. Butazorlar, kokos palmazorlari va doim yashil oʻrmonlar bor, ichki qoʻltikdar atrofida man-gra butalari usadi.
Tarixi. Marshall o. larini 1529-y. da ispan dengizchi sayyohi Alvaro de Saavedra kashf etgan, 1788-y. da esa ingliz tadqiqotchilari J. Marshall va T. Gilbert mufassal oʻrganganlar. Orollar J. Marshall nomi bilan atalgan. Tinch okeanning gʻarbiy qismida joylashgan Mariana, Karolina va Marshall o. lari, shuningdek, Palau o. 17-a. dan 19-a. gacha Ispaniya mustamlakasi boʻlgan. 1885-y. da Germaniya Ispaniyaning za-iflashuvidan foydalanib, Marshall o. larini tortib oldi. 1914-y. da orollar Yaponiya kuliga oʻtdi, 1920-y. da Millatlar ligasi Yaponiyaga shu orollarni boshqarish mandatini berdi. 1945-y. da orollarni amerikaliklar bosib oldi, 1947-y. da esa BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan, Mikroneziya (orollarning umumiy nomi) BMTning AQSH boshqaruvidagi yer-mulkiga aylantirildi. 1952-y. gacha Tinch okeandagi vasiylik xududi orollari AQSH harbiydengiz floti qarmogʻida turdi, soʻngra AQSH Ichki ishlar vazirligiga olib berildi. 1962-y. da vasiylikdagi xudud orollarida Amerika oliy komissari boshchiligidagi fuqaro maʼmuriyati joriy etildi. 1964-y. da mahalliy qonun chiqaruvchi organ sifatida cheklangan huqukli Mikroneziya kongressi taʼsis etildi. 1967-y. da Mikroneziya kongressi orollarning boʻlajak siyosiy maqomini belgilovchi komissiya tuzdi. AQSH bilan uzok, davom etgan muzokara jarayoni natijasida vasiylikdagi orollar xududidan toʻrt mustaqil siyosiy maʼmuriy birlik ajralib chikdi. Shulardan biri — Marshall o. larida 1979-y. da respublika eʼlon qilindi. AQSH vasiyligidan ozod boʻlib, u bilan «erkin uyushgan» davlatga aylangan Marshall Orollari oʻzini oʻzi boshqarish va tashqi siyosat sohasida muayyan mustaqillik maqomiga ega boʻlsa ham, mudofaa, moliya va tashqi ishlar masalalari AQSH ixtiyorida. Marshall Orollarida yagona Birlashgan demokratik partiya faoliyat koʻrsatadi. Marshall Orollari — 1991-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 may — Konstitutsiya kuni (1990).
Xoʻjaligi. Aholi, asosan, baliq ovlash va dehqonchilik bilan shugʻullanadi, fosfat qazib chiqaradi. Kokos palmasi, non daraxti oʻstiradi, taro va batat yetishtiradi. Chetga kokos yogʻi, kopra, baliq mahsulotlari, mahalliy hunarmandchilik buyumlari va fosfat chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, mashina va asbob-uskunalar oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AKSH, Yaponiya. Pul birligi — AQSH dollari. «Marshall aylendz gazett» («Marshall orollari gazetasi», 1982-y. dan) gaz. si, «Marshall aylendz djornel» («Marshall orollari jurnali», 1970-y. dan) haftanomasi nashr etiladi. Marshall Orollari radiosi xukumatga qarashli tijorat mahkamasi boʻlib, ingliz va mahalliy tillarda eshittirishlar olib boradi. Kvajaleyn o. dagi AQSH harbiy bazasida telemarkaz mavjud.