MARJA (frans. marge — chekka) — savdo, birja, sugurta va bank amaliyotida tovarlar narxi, valyuta va qimmatbaho qogʻozlar kursi, foiz stavkalari va b. koʻrsatkichlarning muayyan davrlardagi farqini ifodalash uchun ishlatiladigan atama. Savdo amaliyotida Marja, odatda, tovarlarni sotib olish va kayta sotish narxlari urtasidagi farq (foyda)ni bildiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые