KUCHTEGIN PAHLAVON (13 a.) – Xorazmshohlar davlati harbiy arboblaridan biri. Moʻgʻullar istilosi davrida Marv mudofaasi raxbari. Moʻgʻullar Marvni 1221-y. 25 fev. da bosib olganlar va shahar hokimligiga amir Diyo-ad-Din Alini, shmxvalikka — moʻgʻul Bormasni tayinlashgan. 1221-y. 7 noyab. da Marv aholisi qoʻzgʻolon koʻtarib Bormasni quvib yuborgan, Diyo-ad-Din Ali bu paytda shaharda boʻlmagan. U qoʻzgʻolonchilar tarafini olmagan va Marvga Kuchtegin Pahlavon kelishi bilan moʻgʻullar to-moniga oʻtib ketgan va Murgʻ qalʼasiga berkingan. Kuchtegin Pahlavon shahar mudofaa devorlarini qayta tiklagan, Murgʻob daryosidagi toʻgʻonni taʼmirlagan. Shundan soʻng u Diyo-ad-Din Alini bartaraf etgan. Moʻgʻullar katta kuch bilan kelib qoʻzgʻolonni bostirgan. Kuchtegin Pahlavon ming kishilik qoʻshini bilan Marvni tark etgan. U Buxoroga yoʻl olgan, Jayxundan oʻtganda moʻgʻullarga toʻsatdan hujum qilib, ularning boshliqlarini (shixvasini) oʻldirgan. Shundan soʻng moʻgʻullar unga qarshi 10 ming kishilik otliq qoʻshin tashlagan. Sangbast qishlogʻi yonidagi jangda Kuchtegin Pahlavon moʻgʻullardan yengilgach, Sabzavorga ketgan. Sabzavorda Elchi Paxlavonning oʻgʻli Ekanqu bilan uchrashib, u bilan birga Inonchxonga qoʻshilgan. Ularning orqalaridan quvib kelgan moʻgʻul qoʻshinidan Jurjon jangi (1222) da magʻlubiyatga uchragan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые