KUNTUGʻDI (rus manbalarida Kuntuvdey) (12-a. 2—yarmi) — qoraqalpoqlar (chyornыye klobuki) xoni. Rus solnomalarida «Torchesk knyazi» nomi bilan mashhur. 1190-y. Kiyev knyazi Svyatoslav Kuntugʻdini tuhmat asosida qamoqqa olgan. Biroq Svyatoslavning taxtdoshi Ryurik Kuntugʻdini «Rusga kerakli jasur kishi» deb ozod qilgan. Kuntugʻdi sharmandalikka chiday olmay dashtga, qipchoq xoni Toʻgʻli huzuriga qochib borgan. Kuntugʻdining kelishidan shod boʻlgan qipchoklar Rusga hujum qilishga tayyorgarlik koʻrganlar. Kuntugʻdining qipchoqlar bilan qilgan birinchi harbiy yurishi Porosyedagi Churvayev sh. boʻlgan Kuntugʻdi uni egallab, yondirib yuborgan, knyaz Churvayning ikki xotini va xizmatkorlarini asir olib qaytgan. Kish faslida K. Toʻgʻlixon (Itoʻgʻli) va Oqqush (Akush) bilan birga yava Porosyega chopqun qilgan. Ryurik janjalni tinch yoʻl bilan bostirish uchun Kuntugʻdi b-n sulh tuzishga majbur boʻlgan. Unga koʻra, Kuntugʻdiga bir qancha rus shaharlari berilgan. 1184-y. Konchak bilan boʻlgan jangda rus knyazlari tomonida turib qatnashgan.
..Pletneva S. A., Polovsы, M., 1990.