DOMINION

DOMINION (ing. dominion, lot. dominium — qaram yer) — ingliz qiroli (qirolicha)ni davlat boshligʻi deb tan olib kelgan va Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan davlat. Unga generalgubernator tayin qilingan. Dastlabki Dominionlar — Kanada (1867-y. dan), Avstraliya Ittifoqi (1901-y. dan), Yangi Zelandiya (1907-y. dan) va b. Hamdoʻstlik tuzilganidan keyin, garchi koʻpgina sobiq Dominionlar unga kirib, avvalgidek ingliz qirolichasini davlat boshligʻi deb hisoblasalarda (Kanada, Yangi Zelandiya va b.), D. atamasi qoʻllanilmaydigan boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x