DOZIMETRIYA

DOZIMETRIYA (yun. dosis — ulush, boʻlak va metreo — oʻlchayman) — amaliy yadro fizikasi sohasi; ionlovchi nurlarning jonli va jonsiz tabiat obyektlariga taʼsirini ifodalaydigan fizik miqdorlarni oʻrganish, xususan nurlanish dozasini (meʼyorini) aniqlash, shu mikdorlarni oʻlchash usullari va asboblarini yaratish bilan shugʻullanadi. Tabiiy va sunʼiy radioaktiv yemirilishda, zaryadlangan zarralar tezlatkichlari (betatron, siklotron va b.) da, atom reaktorlarida, rentgen apparatlarida radioaktiv nurlar sochiladi. Radiy kashf etilganidan soʻng radioaktiv moddalar r – va u – nurlarining tirik obyektlarga xuddi rentgen nurlari singari taʼsir kilishi aniqlandi. Radioaktiv moddalar bilan ishlash vaqtida shu nurlarning organizmga kirish xavfi tugʻiladi. Nurlanish dozasini oʻlchashdan asosiy maksad ana shu apparat va moddalar bilan ishlovchi xodimlar xavfsizligini taʼminlashdir. Radioaktiv nurlarning har xil jismlarga taʼsiri (fizik, kimyoviy va biologik taʼsiri) shu jismlarga yutilgan nurlar miqsori va tabiati bilan belgilanadi. Yutilgan doza rad bilan oʻlchanadi. Radioaktiv nurlar (a, R, u, p) jismlarga tushganda har xil fizik hodisalar roʻy beradi. Mac, gamma-nurlar yoki rentgen nurlari yutilishi natijasida fotoelektronlar, kompton elektronlari va elektron-pozitron jufti hosil boʻladi. Rentgen, gamma (u), betta (R)-nurlanish va neytronlar dozasini oʻlchashda ionlash kamerasi, «Kaktus» rentgenometri, universal dozimetrlar ishlatiladi. Intensivligi kam nurlanish dozasini oʻlchashda GeygerMyuller hisoblagichi, lab. da ssintillyatsiya hisoblagichi ishlatiladi. Dozimetriyaning fotografik usuli qam bor. U nurlar taʼsirida fotoplyonkaning qorayishiga asoslangan. Oksidlanish yoki qaytarilish reaksiyalariga asoslangan kimyoviy dozimetrlar, ferrosulfat va seziy sulfati dozimetrlari ham ishlatiladi. Nurlanishning obyektlarga issiklik taʼsiri kalorimetrik usul bilan oʻlchanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x