DO`STLARGA ULASHING:
Ajrashish va oila qurish uchun davlat boji qancha?
Ma’lumotlarga qaraganda, 2020-yilda qayd etilgan nikohlar soni 296 750 ta bo’lgan bo’lsa, ajrimlar soni 28 233 tani tashkil qilgan.
— Nikohni qayd qilish bo’yicha davlat boji BHM 20% ni tashkil etadi;
— Nikohni bekor qilishni qayd qilish uchun FHDYO tomonidan undiriladigan boj:
• voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinlarning o‘zaro roziligi bo‘yicha BHMning 1,5 baravari;
• agar er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan BHMning 1,5 dan 3 baravarigacha;
• er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan BHM’ning 3 dan 4 baravarigacha.
Eslatib o’tamiz, 2021-yil 1-fevralidan boshlab BHM 245 000 so’m ni tashkil etadi.
@NarxiQancha | Manba (https://lex.uz/docs/4680944)