MUSHFIQIY

«MUSHFIQIY» — hajviy jurnal. «Ovozi tojik» gaz. ga ilova tarzida Samarqand sh. da 2 haftada 1-marta chiqqan. Jur. dastlab 1926—29 y. larda «Mulla Mushfiq» nomi bilan atalgan. 1930-y. da qayta tashkil etilib, «Mushfiqiy» nomi bilan 1937-y. gacha muntazam chiqib turgan. Jur. nomi forstojik tilida ijod qilgan buxorolik shoir Abdurrahmon Mushfiqiy (1525—88) nomi bilan bogʻliq boʻlib, u lirik sheʼrlar bilan birga xalqning tuznasibasiga sherik boʻlgan, insofsiz, diyonatsiz, riyokor kishilarni fosh etuvchi ichakuzdi sheʼrlar ham yozgan. Shuning uchun ham Mulla Mushfiqiy nomi tojik xalq latifalari qahramoniga aylanib ketgan. Jur. da, asosan, samarqandlik va buxorolik tojikzabon yozuvchilarning hajviy asarlari bosilgan. Hoji Muin jur. ga masʼul kotiblik qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x