PARMENID (Parmenides) Eleyalik (mil. av. taxm. 540—480) — yunon faylasufi, Eleya maktabi vakili. Anaksimandr va pifagorchilar bilan gʻoyaviy yaqin boʻlgan. Falsafadan tashqari qonunshunoslik b-n qam shugʻullangan. Parmenid falsafasining asosida tafakkur bilan sezgilarni va shunga muvofiq ravishda tafakkur yordamida bilinadigan dunyo bilan sezgilar yordamida bilinadigan dunyoni bir-biridan keskin farqlash yotadi. Tafakkur bilan unga muvofiq keladigan (fikrda aks etgan) dunyoni «bir butun», «yagona», abadiy va qoʻzgʻalmas, bir xil, boʻlinmas va tugal deb bilgan. Borliq va tafakkurning aynanligini taʼriflab berishga urindi. Garchi, dunyoni hissiy bilishni inkor etmagan boʻlsada, ammo uni falsafiy va ilmiy tushunish uchun faqat hissiyotning oʻzi yetarli emas deb koʻrsatdi. Parmenid fikricha, akl-idrok haqiqat mezo-nidir. Parmenidga koʻra, olamning asosida 2 birinchi materiya; yorugʻ va faol olov xamda qorongʻi va passiv massa yotadi, olam ularning qoʻshilishidan paydo boʻlgan. Parmenidning asosiy falsafiy asari «Tabiat toʻgʻrisida» dostonidir.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые