MANAS CHOʻQQISI

MANAS CHOʻQQISITalas Olatovi tizmasidagi choʻqqi. Tizmaning gʻarbiy qismida, Qirgʻiziston Respublikasi hududvda joylashgan. Bal. 4484 m. Perm — trias davrining granitoidlari, porfirit va b. dan tashkil topgan. Choʻqqining yon bagʻirlari tik, muzliklar b-n qoplangan. Relyefi kuchli parchalangan. Muzliklar bilan qoplangan karr va sirklar choʻqqining relyefini murakkablashtiradi. Yon bagʻirlaridagi alp va subalp oʻtloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Manas choʻqqisi kirgiz eposi qahramoni Manas nomiga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x