PENSILVANIYA

PENSILVANIYA — AQSHning shim.-sharqiy qismidagi shtat. Sharqda Delaver daryosi b-n, shim.-gʻarbda Eri koʻli bilan chegaralangan. Mayd. 117,4 ming km2. Aholisi 12,3 mln. kishi (2002), 69% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Xarrisberg sh. ; yi-rik sanoat shaharlari: Filadelfiya va Pitsburg. P. — AQSHning dastlabki 13 shtatidan biri; bu yerga yevropaliklar 17-a. dan koʻchib kela boshlagan.

Yer yuzasining katta qismini Appalachi togʻlari egallagan, uning shtat hududidagi eng baland joyi 979 m. Jan.sharqida Atlantika boʻyi pasttekisligi bor. Iqlimi sernam, moʻta-dil iqlim. Yillik yogʻin 1000 mm. Daryolarida kema qatnaydi. Pensilvaniya — AQSHning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan shtatlaridan. Qora metallurgiya, konchilik sanoatlari rivojlangan. Pensilvaniya choʻyan va poʻlat eritishda, koks i. ch. da mamlakatda yetakchi oʻrinda. Toshkoʻmir, antratsit, ozroq mikdorda neft, tabiiy gaz, temir rudasi qazib chiqariladi. Metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik (ayniqsa, kon va yoʻl qurish mashinalari, kemasozlik, re-aktorsozlik, elektrotexnika, radioelektronika), sement, kimyo, neftni qayta ishlash, oyna, toʻqimachilik, tikuvchilik korxonalari bor.

Q. x. shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Chorvachilik va parrandachilik q. x tovar maqsulotining 3/4 qismini beradi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x