KIMAKLAR, imaklar — qad. turkiy xalq. 7-a. da Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, Oltoy togʻlarining shim.-gʻarbida, Irtish daryosi boʻylarida yashagan. Kimaklarning bir qismi 11-a. boshida Sirdaryoning quyi va oʻrta oqimlarini egʻallagan. Kimaklarning asosiy dini shamanlik boʻlgan, shuningdek, osmonga(tangriga), ajdodlar ruhiga, olovga topinishgan. Kimaklar oʻrtasida mamlakatning asosiy daryosi — Irtish kultiga topinish kuchli boʻlgan. Isxrq ibn al-Husaynning (11-a.) yozishicha, Kimaklar oʻlgan kishilarning jasadlarini kuydirib, yirik daryolarga (mas, Irtish daryosiga) tashlashgan. Kimaklar, asosan, turkiy tilda soʻzlashgan. Kuchmami Kimaklar chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻtovlarda, chayla, kapalarda yashagan. Shim. da oʻrmonli hududlarda yashagan oʻtroq K., asosan, yertoʻlalarda istiqomat qilganlar. Koʻchmanchilar xoʻjaligida ovchilik (moʻynali hayvonlarni ovlash) yordamchi mashgʻulot hisoblangan. «Kimaklar» atamasi 12-a. dan soʻng manbalarda uchramaydi.
Ad.: Pletneva S. A., Kochevniki Srednevekovya, M., 1982.