KENGOTA TOF TIZMASI — Surxon daryo viloyatidagi Sherobod — Sariqamish qator tepalarining bir qismi. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa tomon yoʻnalgan, eng baland nuqtasi 640 m (Qoraqat togʻi), uzunligi Qagʻni darasidan to Kofrunsoygacha 24 km. Shim.gʻarbda Takasakradi (1068 m) tizmasi bilan vodiysimon pastqamlik orqali ajralib turadi. Jan.-sharkda togʻ oldi oʻydimchuqur qiya tekislik bilan Qiziriq choʻliga tutashadi. Jan.-gʻarbda Qagʻni darasi orqali Qagʻni tizmasi bilan chegaralangan. Shim.-sharqda Kofrunsoy darasi orqali Yetimkalos tizmasining togʻ etaklari bilan tutashadi. Kengota tof tizmasi relfi kuchli darajada parchalangan, uning suvayirgʻich qismi yaxshi ifodalangan, chunki u paleogen (buxoro yarusi)ning qattiq qumtoshlaridan tashkil topganligi tufayli kuesta shaklini hosil qiladi. Shim-gʻarbiy yon bagʻri nisbatan qisqa va tikroq. Antiklinalning oʻq qismi boʻr davrining gil, alevrolit, qumtosh, mergel, yon bagʻirlari esa paleogen va neogenning ohaktosh, qumtoshlaridan tashkil topgan. Kengota tof tizmasida oddiy boʻz tuproqlarda qoʻngʻirbosh, rang, shuvoq, gulxayri, oqquray, karrak va b. efemer hamda efemeroid oʻsimliklar tarqalgan. Doimiy oqar suvli soylar yoʻq, buloqlar uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые