KEKIRDAK, traxeya (Tracnes) — odam va umurtqali hayvonlar nafas yoʻllarining hiqildoqaan keyingi qismi. Odamda uning uz. 9—12 sm, dia-metri 1,5—2 sm. Kekirdakning shilliq qavatida bezchalar koʻp. Boʻyin sohasida Kekirdak koʻkrak boʻshligʻiga oʻtadi va IV—V koʻkrak umurtqalari roʻparasida oʻng hamda chap bronxlarga boʻlinadi. Boʻlingan joy Kekirdak ayrisi deb ataladi. Kekirdakning yuqori qismi bir oz harakatchan, pastki ayri qismi deyarli harakatlanmaydi. Kekirdak 16—20 ta togʻay yarim halqa shaklida tuzilgan. Orqa tomonda bu halqalarning ochiq (tutashmagan) joyida Kekirdak devori parda b-n qoplangan boʻlib, unda koʻndalang yoʻnalgan silliq muskul tolalari bor. K. togʻaylari bir-biri bilan fibroz boylam yordamida tutashgan. Kekirdak ichki tomondan shilliq parda b-n, parda esa tukli epiteliy bilan qoplangan. Shu parda tagida shilimshiq ishlab chiqaradigan bezlar koʻp. Epiteliy va shilimshiq nafas olishda Kekirdakdan oʻtadigan havoni ilitib, namlab turadi va havo tarkibidagi chang zarralarini ushlab qoladi. Hiqildoq va Kekirdak kasalligi sababli oʻpkaga havo oʻtmay kolganda Kekirdakni ochib naycha qoʻyiladi (traxeotomiya). K. ning yalligʻlanishi traxeit deb ataladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые