DILATOMETR

DILATOMETR (lot. dilato — kengaytiraman va…metr) — issiqlik, bosim, elektr va magnit maydoni, ion-lovchi nurlanish va h. k. taʼsirida jism oʻlchamlarining oʻzgarishini oʻlchaydigan asbob. Jism oʻlchamlarining mutlaq oʻzgarishiga sezgirligi Dilatometrning asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi. Dilatometrning optikmexanik, sigʻimli, induksion, rentgen, radiorezonans va b. xillari mavjud. Optik-mexanik Dilatometr yorugʻlik nuri yordamida jism oʻlchamining oʻzgarishini oʻlchaydi. Sigʻimli Dilatometrda jism oʻlchami oʻzgarishi b-n kondensator sigʻimi oʻzgaradi. Barcha Dilatometrlar oldindan kalibrlangan boʻladi. Dilatometr bilan suyuq yoki gazsimon moddalarning hajmiy oʻzgarishi ham aniqlanadi. Dilatometr kimyo sanoatida, texnika, fizika va b. da koʻp ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x