DEHLI

DEHLIHindiston poytaxti va Dehli ittifoqdosh hududining maʼmuriy markazi. Aholisi 9,4 mln. kishi (1997). Hindistonning shim.-gʻarbida Jamna daryosi boʻyida, dengiz sathidan 216 m balandlikda joylashgan. Dehlida iyul oyining oʻrtacha t-rasi 31°, yanv. niki 14,2°. Bir yilda oʻrtacha 660 mm yogʻin yogʻadi.

Hoz. Dehli qadimgi Indraprastxa (Indarpat) sh. yaqinida 8-a. ning 1-yarmida barpo etilgan. 1206-y. dan Dehli sultonligining, 1526-y. dan Boburiylar saltanatining poytaxti (D. shahrini poytaxt tutgan hukmdorlarning deyarli barchasi turkiylar boʻlgan). 1803-y. da Dehlini inglizlar bosib oldi. 1857—59 y. larda shahar hind milliy qoʻzgʻolonining muhim markazlaridan biri boʻlgan. 1911-y. dan Britaniya Hindistonining poytaxti, oʻsha yildan Dehlining jan.-gʻarbida Yangi shahar (Nyu-Deli) qurila boshladi. 1947-y. dan mustaqil Hindiston poytaxti, 1950-y. dan Hindiston Respublikasi poytaxti.

Dehli — mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Hindiston shim. dagi muhim transport yoʻllari tuguni. Bu yerdan mamlakatning turli tomoniga va chet mamlakatlarga t. y., avtomobil va havo yoʻllari ketgan. Dehlida 3 ta aeroport mavjud. Shaharda poytaxt aholisi ehtiyoji uchun mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, koʻn poyabzal, oyna-keramika, kimyo-farmatsevtika, elektronika, metallsozlik va mashinasozlik koʻproq rivojlangan. Dehli qadimdan anʼana boʻlib kelayotgan badiiy hunarmandchilik (fil suyagi oʻy-makorligi, nafis zargarlik buyumlari, oltin va kumush buyumlar i. ch.) b-n ham mashhur.

Dehlining eski qismi — Shohjahonobodda qad. meʼmoriy va sanʼat yod-gorliklaridan shahar devori (qisman) darvozalari b-n, Dehli jome masjidi, Laʼl-Qila (Qizil fort) saroy kompleksida Boburiylar davrining oq marmardan ishlangan saroylari (RangMahal, Devoni-Om, Devoni-Kxas, barchasi 1639—48 y. larda qurilgan), Marvarid masjid (1660) bor. Eski shahardan jan. ga tomon Feruzobod sh. vayronalari (1351—88), Kulon (1380) va Qilai-Koʻhna (1545) masjidlari bilan Purana-Qila saroy-qoʻrgʻon ansambli (1540), Humoyun maqbarasi (1565) va b. saqlangan. Dehlining eski qismidan 20 km janubda 4 ta shaharqalʼa mavjud: Siri (1303-y. da qurila boshlagan), Jahonpanoh (14-a.), Toʻgʻloqobod (1325, Gʻiyosiddin maqbarasi) va Laʼl-Kot (12-a. oxiri). Laʼl-Kotda Temir ustun (415), Quvvat ul-Islom masjidi (1193-y. da qurila boshlagan), Qutb Minor minorasi, Eltutmish maqbarasi (1235-y. dan boshlab) mavjud. Dehlining yangi qismi katta maydonlar, bogʻlar va ulardan boshlangan keng koʻchalardan iborat boʻlib, u yerda «Hindiston Darvozasi», markaziy hukumat qarorgohi, maʼmuriy idoralar, banklar va b. joylashgan. 2 ta un-t, koʻplab kollej va in-tlar, Sanʼat va b. akademiyalar, badiiy galereyalar, muzeylar, Mahatma Gandi va Javoharlal Neru memorial muzeylari, teatrlar, Milliy muzey, amfiteatr, rasadxona va b. bor. Koʻplab zamona-viy turar joy binolari qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x