DESTRUKSIYA

DESTRUKSIYA (lot. destructio — par-chalanish) — makromolekulalardagi kimyoviy boglarning uzilishi natijasida ularning polimerlanish darajasi yoki molekulyar massasining kamayishi b-n kechadigan jarayonlarning umumiy nomi. Kimyoviy bogʻlarning uzilish joyiga karab Destruksiya asosiy va yon zan-jirlar Destruksiya siga boʻlinadi. Destruksiyaga tashqi taʼsirlar (issiklik, ionlashtiruvchi radiatsiya, mexanik kuchlanish, yorugʻlik, oksidlovchi muhit, namlik va b.) sabab boʻladi. Koʻp hollarda Destruksiya bir vaqtda bir nechta tashqi taʼsir (mas, issiklik va kislorodli muxit — termooksidlovchi Destruksiya) natijasida roʻy beradi. Destruksiya jarayonida polimerlarning xossalari oʻzgaradi, ular asosida tayyorlangan maqsulotlar buziladi. Shu sababli polimerlarni stabillashtirishning turli usullari ishlab chiqilgan. Baʼzi hollarda D. jarayoni foydali hisoblanadi. Mac, polivinilatsetatni ishqoriy gidrolizga uchratib polivinil spirt, sellyuloza va kraxmalni gidrolitik D. dan foydalanib turli qandlar olinadi. Destruksiya polimerlarning kimyoviy tuzilishini aniklashda ham qoʻllaniladi.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x