Ikki timsol

Bir hindu qariya kulbasi yonida nevarasi bilan oʻtirar, nariroqda urishayotgan ikkita boʻribosar itni tomosha qilardi. Itlarning biri oq, biri qora edi. Oʻn ikki yoshli nevara aqlini taniganidan beri shu ahvol. Bobosi ularni hamisha koʻz oldida tutadi, sayrga chiqsa yonida olib yuradi.

Bola kulbani qoʻriqlash uchun bitta it yetarli ekanini oʻylar, ikkinchi itga nima ehtiyoj borligini, ranglari nega oq va qoraligini tushunolmasdi. Oxiri buni bobosidan soʻrashga qaror qildi.

Qariya aqlli kishilarga xos kulimsirash bilan dedi:

– Bular men uchun ikki timsol, bolam.

– Nimaning timsoli? – deb soʻradi nevara.

– Yaxshilik va yomonlik timsoli. Mana shu itlar kabi ichimizda yaxshilik va yomonlik tinimsiz kurashadi. Itlarga koʻzim tushganda xuddi shu narsa xayolimga keladi. Shu sababli ularni doim yonimda tutaman.

Bola yana savol berishda davom etdi:

– Kurash boʻlgandan keyin, gʻolib va magʻlub ham boʻladi. Shundaymi, bobo?

Hamma bolalar singari bitta savolini tugatmay turib, yana boshqa savolni qoʻshimcha qildi:

– Sizningcha, ularning qaysi biri gʻalaba qozonadi?

Dono qariya yana tabassum qilib javob berdi:

– Qaysisi, deysanmi, bolam? Qaysi birini yaxshi boqsam, oʻsha yutadi-da.

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Maʼrifat” gazetasining 2015 yil 7 oktyabr sonida chop etilgan.

https://saviya.uz/ijod/nasr/ikki-timsol/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x