Mashhur kemaning prototipi

“Titanik” kemasi halokatga uchrashidan 14 yil oldin – 1898 yili amerikalik fantast yozuvchi Morgan Robertson “Behudalik” nomli qissa eʼlon qiladi. Asarda tilga olingan “Titan” kemasi aprel oqshomlarining birida muztoqqa urilib, choʻkib ketadi. Yoʻlovchilarning juda koʻpi halok boʻladi. Qiziq tomoni, “Titan” hajm jihatidan ham “Titanik”ka juda yaqin keladi.

Qissa 1912 yili “Titanik” halokatidan soʻng ayrim oʻzgartirishlar bilan “Behudalik yoxud “Titan”ning halokati” nomi ostida chop etiladi va mashhur boʻlib ketadi.

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 2-sonida chop etilgan.

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/mashhur-kemaning-prototipi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x