Ustoz Abdulla Qahhor Lev Tolstoyni “boʻyi barobar kitob yozgan” deya taʼriflaydi. Shu maʼnoda, ispan dramaturgi Lope de Vega (1562–1635) haqida bemalol “uyi barobar kitob yozgan” deb aytish mumkin. Chunki u 2000 ga yaqin pyesa va 3000 ga yaqin sonet muallifidir. De Vega pyesalarining 426 tasi bugungacha yetib kelgan.
Dramaturg asosan tarixiy, ishqiy va hajviy mavzularda qalam tebratgan. Uning pyesalari Uygʻonish davri ispan dramaturgiyasining mumtoz namunalari sanaladi.
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 2-sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/uyi-barobar-kitob-yozgan-adib/