Dedektiv romanlari bilan jahonga tanilgan Agata Kristi dastlab harbiy kasalxonada, soʻng dorixonada ishlagan. Zaharlar va ularning taʼsirini juda yaxshi bilgan. Shu sababli asarlarida qotilliklar koʻpincha zahar yordamida amalga oshiriladi.
Kitoblari toʻrt milliarddan ortiq nusxada chop etilgan va dunyoning yuzdan ortiq tiliga tarjima qilingan Agata xonim disgrafiya dardidan aziyat chekkan – qoʻlda yoza olmagan. U barcha mashhur romanlarini aytib turib yozdirgan.
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 2-sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/yozolmagan-yozuvchi/