Yuragi keng odamga butun dunyo qarindosh

Bengaliya
Bengaliya

Bengal xalq maqollari

Bengallar – Bangladeshning asosiy aholisi (109,5 mln. kishi). Shuningdek, Hindiston (80 mln. kishi), Nepal, Butan, Singapur va boshqa joylarda ham yashaydi. Bengal tilida soʻzlashadi.

 

  • Boʻron turgunicha hamma oʻzini eshkakchi ataydi.
  • Sut oʻrnini zardob bosolmaydi.
  • Aqlda qancha qusur – shu darajada magʻrur.
  • Hamma shoqollar bir xil uliydi.
  • Baxt ham, baxtsizlik ham yaqin atrofda kezib yuradi.
  • Kichik koʻzaning katta boʻgʻzi bor.
  • Bitta barmoq bilan chimchilay olmaysan.
  • Eng yomon dushman – uydagi dushman.
  • Mayda baliq toʻda bilan yuradi.
  • Adolatli soʻzga ahmoq odamgina achchiqlanadi.
  • Kirim bor joyda chiqim ham bor.
  • Qamchining gʻamini ot olganingdan keyin ye.
  • Mushtdan qoʻrqib maymun ham oʻyin tusha boshlaydi.
  • Boy xonadonda mushukning ham oʻz oʻrni bor.
  • Bitta yoqut – oʻn rojaning boyligi.
  • Bitta guruchni yeb, osh pishgan-pishmaganini bilish mumkin.
  • Istaging qancha koʻp boʻlsa, koʻngling shuncha koʻp qoladi.
  • Oldin kasal boʻldi, keyin – tabib.
  • Suvda yashaydigan boʻlsang, timsoh bilan muomala qilishni bil.
  • Shiyponda dam oladi, dengizni kesib oʻtishni xayol qiladi.
  • Yuragi keng odamga butun dunyo qarindosh.
  • Imon roʻzada, inson mehnatda sinaladi.
  • Yoʻlda temirchini uchratsang, gap darrov oʻroqqa koʻchadi.
  • Ahmoq odam tovushini balandlatadi, aqlli kulib qoʻya qoladi.
  • Chirik chigʻanoq oyoqni kesishi mumkin.
  • Kaptarni koʻrdi-yu, tuzoqni sezmadi.
  • Daraxtga mevalari ogʻirlik qilmaydi.
  • Xotirjamlik har qanday boylikdan afzal.

 

Orifjon MADVALIYEV tayyorladi.

 

“Hidoyat” jurnalining 2015 yil 3-sonida chop etilgan.

https://saviya.uz/ijod/xalq-ogzaki-ijodi/yuragi-keng-odamga-butun-dunyo-qarindosh/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x